So’nggi yangiliklar

01:23Начо Карвахаль ҳақида: "Замонанинг ва барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси"  1 00:35Гринвудга учта топ-клуб қизиқмоқда  2 23:55Депай "Атлетико"дан кетди  1 23:28Моуринью "Фенербахче"га икки юлдузни олиб келиши мумкин  1 23:00Рўзиқул Бердиев: "Бобир Абдихолиқов учун хурсандмиз"  12 22:52Ёрқин Назаров: "Ўзбекистондаги энг кучли жамоага қарши ўйнадик"  6 22:30БАА Про лигаси. "Шабаб Ал Аҳли" ўз майдонида рақиб дарвозасига 10та тўп киритди, Ғаниев эса...  2 22:28Александр Хомяков: "Вақт тиғизлиги туфайли U-21 жамоаси ўйинларига боролмаяпман"  21 22:25Максим Шацких: "Бутун стадион сизга қарши мухлислик қилса ҳам, профессионал сифатида ўз ўйинингизни ўйнашингиз керак"  15 22:01Флик "Барселона"га "Бавария" ўйинчисини олиб келмоқчи  6 21:30ҚПЛ. "Қайрат" ўз майдонида ғалабага эришди, Йўлдошев гол урди!  0 21:30Бобир Абдихолиқовнинг учта голи "Насаф"ни Суперлига пешқадамига айлантирди  56 21:00Ўзбекистон Суперлигаси. "Пахтакор" 4 йилдан сўнг Андижонда ғалаба қозонди  188 19:58Бобир Абдихолиқов деярли 4 йилдан сўнг Суперлигада гол урди  3 19:43Бруну Фернандеш бошқа клубга ўтиши мумкин  1

"Turon" vice-prezidenti Aleksandr Azimov bilan intervyu: Jamoaning xorij yig'ini, tarkibga yangi jalb etilayotgan futbolchilar va oldindagi maqsadlar haqida Yangiliklar

"Turon" vice-prezidenti Aleksandr Azimov bilan intervyu: Jamoaning xorij yig'ini, tarkibga yangi jalb etilayotgan futbolchilar va oldindagi maqsadlar haqida

Xabaringiz bor, Yaypanning "Turon" klubi 6-iyul sanasidan Tojikiston davlatida yozgi yig'inni olib bormoqda.

Saytimiz muxbiri mazkur yig'in tafsilotlari va jamoaning oldindagi rejalari xususida klub vice-prezidenti Aleksandr Azimov bilan bog'lanib intervyu tashkil etdi. Quyida mazkur intervyuning to'liq matni keltirilmoqda.

- Aleksandr Uzakovich, assalomu alaykum. Siz joriy mavsum avvalida "Turon" klubi vice-prezidenti lavozimiga tayinlangandingiz. Aytingchi, ortda qolgan davr ichida jamoada qanday ishlar amalga oshirildi?

- Va alaykum assalom. Avvalo birinchi navbatda so'zimni "Turon" muxlislariga minnatdorchilik bildirish bilan boshlamoqchiman. Ular har doim biz bilan birga bo'lishdi va faol qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Men klub vice-prezidenti lavozimiga tayinlanganimda rahbariyat jamoani Superligaga qaytarish vazifasini qo'ygan. Allohning o'zi qo'llasin, hozir biz butun jamoamiz bilan ushbu maqsadni amalga oshirish harakatidamiz. Bu yo'lda hammaning o'rni muhim, jamoa, futbolchilar, murabbiylar, ishchi-xodimlar va albatta muxlislarning o'rni muhim. Imkoniyatdan foydalanib barcha musulmon ahlini kirib kelayotgan Qurbon hayit bayrami bilan tabriklayman. 

Albatta biz ortda qolgan davr mobaynida bir qator ishlarni amalga oshirdik. Jumladan, eng muhim jihatlardan biri, biz klubda qatiy intizomni o'rnatdik. Jamoada tartib va intizom qatiy bo'lmasa, ijobiy natija kutish qiyin. SHu sababdan ham biz birinchi jamoada navbatda qatiy intizom muhitini yo'lga qo'ydik. 

Yangi mavsumda jamoamizda murabbiylar shtabi o'zgardi. Ha, bosh murabbiyimiz yosh, lekin biz jamoamiz bilan unga ishonamiz. Qo'lga kiritilayotgan g'alabalar uchun futbolchilarga ham minnatdorchilik bildirish o'rinli bo'lardi. Klub rahbariyati bizni har doim qo'llab-quvvatlab kelishgan, biz ham shunga munosib tarzda ishonchni oqlashimiz, oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashimiz shart. Klub qarorgohida kim ishlayotgan bo'lsa, ishchi xodim yoki mutaxassis, maqsadimiz yo'lida har birining o'rni muhim. Mavsum avvalida jamoamizga Germaniyada faoliyat olib borayotgan mutaxassis - Vadim Barnichni taklif etdik. Ushbu mutaxassis jamoada ovqatlanish tartibini o'zgartirdi va o'z nazoratini yo'lga qo'ydi. Mashg'ulotlar ham yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda, albatta bularning barchasi maydonda sezilmasdan qolmaydi.

- Futbol muxlislari sizni "Pamir" klubidagi faoliyatingiz orqali yaxshi tanishadi. Futbolchilik davringizda Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi o'yinlarda maydonga tushgansiz. Aytingchi, o'zbek futboli faxriylaridan kimlar bilan hozirga qadar do'stona munosabatlarni saqlab kelmoqdasiz?

- Ha to'g'ri, men "Paxtakor"ga qarshi bir necha bor o'ynaganman va gollar urganman. O'zbek futbol muxlislari shu orqali meni yaxshi bilishadi.  Albatta, yurtingizda mening yaqin do'stlarim bor. Masalan Marat Kabaev bilan yaqin do'stmiz, ko'p uchrashamiz, ayrim masalalarni birgalikda muhokama qilamiz. Bundan tashqari Gennadiy Denisov va Nuriddin Amrievlar bilan ham qalin do'stmiz. Ular bilan deyarli har kuni gaplashib turamiz, fikr almashamiz, o'z tajribalarimiz bilan o'rtoqlashamiz. Umuman aytganda do'stona aloqalarni saqlab qolganmiz.



- Jamoa Tojikiston davlatida xorij yig'inini tashkil etishi sizning taklifingiz evaziga amalga oshirildimi?

- Tojikistonda tashkil etilayotgan yig'in "Bahoriston" sihatgohida o'tkaziladi va jami 10 kun davom etadi. Bizga qulaylik jihati, sihatgohga yaqin joyda mashg'ulot maydoni va stadion bor. Bu mening taklifim ekanligi haqida aytadigan bo'lsak, albatta yo'q. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi o'zaro fikr almashgan xolda shu qarorga kelingan. Yana bir qulayligi, "Bahoriston" sihatgohi Yaypan shahridan unchalik ham uzoq masofada emas. Biz bu bilan futbolchilarni uzoq yo'l bosib energiya yo'qotishlarini oldini olamiz. Hozirda klub bosh direktori Sobir Hamidov va jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdievlar jamoa bilan birga va yig'inni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazish uchun astoydil ishlashmoqda.

- Xorij yig'inida "Turon" tarkibiga yangi futbolchilar ham jalb etiladimi?

- Ha, albatta, yig'in davomida tarkibga yangi futbolchilar jalb etiladi. Biz har tomonlama o'ylab ko'rgan xolda jamoa tarkibiga yangi futbolchilarni jalb etmoqdamiz. Taklif etilgan futbolchi jamoaga yarim mavsum emas, balki ko'proq muddatga foydasi tegsin. Hozir ham, mavsum yakunida ham selekciya rejalarimiz bor, to'xtatmaymiz. "Bahoriston" sihatgohida tashkil etiladigan yig'inga 2 nafar yangi legioner futbolchi taklif etilgan. Ulardan biri Sergey Morozov, Rossiya davlatidan bo'lgan markaziy himoyachi, yoshlar o'rtasida Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. Keyingisi qanot himoyachi ampulasida o'ynaydi, Denis Ostrovskiy. U hozir "Turon" himoya chizig'ida o'ynab kelayotgan Marlen CHobanov bilan Ukrainada birgalikda o'ynagan. Albatta, ular ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib jamoamizga foyda keltirishlariga, yutuq va g'alabalarga o'z hissalarini qo'shishlariga tilakdoshmiz.



- "Turon"ning oldindagi reja va maqsadlari qanday?

- Albatta, biz bu yilgi mavsumda jamoani Superligaga qaytarish vazifasini olganmiz va bunga astoydil harakat qilayapmiz. Aytib o'tganimdek, ushbu maqsad uchun jamoaning har bir azosi birgalikda intilishi lozim. Klub rahbari va tasischilari Qodirxon Ahmedov, Olimxon Ahmedovlardan yaratib berilayotgan sharoitlardan minnatdormiz. Jamoa bu - yaxlit bir oila, bunda o'sha oilaning har bir vakili muhim ahamiyat kasb etadi.  So'zim yakunida barcha musulmon ahlini yana bir bor kirib kelayotgan Qurbon hayit bayrami bilan tabriklayman. Qadrli muxlislar! Bayramni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazing, hamisha o'zingizni asrang, sog'-salomat bo'ling. Jamoamiz ishtirokidagi navbatdagi uchrashuvlarda barchangizni alo kayfiyatda ko'rishni istaymiz. 

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика