So’nggi yangiliklar

11:02Ўзингизни "Навбаҳор" мухлисидек ҳис қилинг. Мавсум рекорди ўрнатилган ўйиннинг энг қайноқ лаҳзалари  0 11:01Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса...  2 10:36Клопп «Ливерпуль»даги фаолияти ҳақида: «Бизда на зўр мураббий, на энг кучли жамоа бор эди»  2 10:12«Манчестер Юнайтед» тарихидаги энг ёмон натижани қайд этган Эрик тен Хаг мавсум якунлари бўйича фикр билдирди  6 09:48Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  2 09:24Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди  4 08:59Жорий мавсум ҳам 2-бўлиб қолган Артета АПЛнинг сўнгги туридан сўнг нималар деди?  4 08:35Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 08:11Гвардиола навбатдаги чемпионликни қўлга киритганидан сўнг нималар деди?  10 07:47Суперлига. Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди  27 07:23Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади  7 07:20Серия А. "Интер" - "Лацио" 1:1  0 07:15Серия А. "Рома" - "Женоа" 1:0  0 07:10Лига 1. "Ланс" - "Монпелье" 2:2  0 07:05Лига 1. "Мец" - ПСЖ 0:2  0

"Qatar shu kuni O'zbekistondan ruhan yoki boshqa taraflama ustun emasdi" - Asror Aliqulov Yangiliklar

"Qatar shu kuni O'zbekistondan ruhan yoki boshqa taraflama ustun emasdi" - Asror Aliqulov

"Mashal" jamoasi Pro ligaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Asror Aliqulov boshchiligidagi muborakliklar kecha "G'ijduvon"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvdan so'ng "Mashal" ustozi tayyorgarlik jarayonlari va tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikrlarini bildirib o'tdi. 

- Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari qanday ketyapti?

- O'tgan mavsumda jamoamizda to'p tepgan ko'p futbolchilarimizni yo'qotdik. O'zaro suhbatimizda ham aytib o'tdingiz, "Mashal" O'zbekistonda o'z mavqesiga ega jamoa. Bu nom ham bizni ikki karra ishlashga undaydi. Hozirda yana bir nechta futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi. Tarkibni 90-95 foizga shakllantirib bo'ldik, deb o'ylayman. Kam vaqt qolganiga qaramasdan yana ayrim poziciyalarni to'ldirishga harakat qilyapmiz. Barchamiz birlashib jamoaviy o'yin orqali ko'zlagan maqsadimizga erishamiz. 

- 2019 yil "Mashal" aynan sizning murabbiyligingizda Superligaga qaytgan edi. Bugungi kunda bu vazifani yana bajarishga tayyormisiz?

- U davrni ko'p eslashni istamayman, chunki futbol bitta joyda turmayapti, o'zgarishlar ko'p. 2019 yilgidan ko'ra Pro ligada hozir yuqori maqsadli jamoalar ko'paygan.  Liga qaysi formatda bo'lsa ham 4-5 yil oldingidan saviya borasida farq qilyapti. kurashuvchan jamoalar soni oshgan.  Oldinda bizni qiziq mavsum kutyapti. 

- "Mashal"ni 15 nafar futbolchi tark etdi. Bu holat tarkibdagi raqobatga jiddiy zarar etkazmaydimi?

- O'tgan yilgidan himoya va hujum chizig'imizda Yo'qotishlar ko'p bo'ldi. Bir hujumchimiz va himoyachimiz "Qo'qon-1912"ga yo'l oldi. Taklif qilgan legionerlarimiz Afrika qitasidan. Ular ham tez kirishib ketadi va barchani muxlislarni xursand qiladi. 

- O'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasining asosiy futbolchisi bo'lgansiz va ko'plab o'yinlarda maydonga tushgansiz. Qatardagi Osiyo Kubogida terma jamoamiz sizga qanday ko'rindi?

- Terma jamoamiz tartibli o'yin ko'rsatdi. Oldingi chiziqdagi kreativ futbolchilar ham yaxshi taassurot qoldirishdi. Osiyo Kubogidan so'ng yangi klublar etiboriga tushishdi. Bu bir tomondan yaxshi. Lekin biz musobaqada Hindiston va Tailandni yutganmiz. Ularni avval ham yutganmiz. Qatar bilan o'yinda jamoamiz yaxshi o'ynadi. Qaysidir manoda hujumga nuqta qo'yadigan futbolchi etishmadi. SHunday pallada SHomurodovning o'rni bilindi. 

- Biz avval ham penaltilar seriyasida zo'r bo'lmaganmiz. 2004 Bahraynga, 2014 Iordaniyaga, 2019 Avstraliyaga alamli tarzda mag'lub bo'lganmiz. Bu narsa terma jamoamiz ruhiyatiga singib qolmaganmi?

- Qatar bilan penaltilar seriyasida qisqa vaqt ustunlikka ega bo'lib turgan edik. Yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. O'zimizni qo'limizda edi. Qachondir bu ananaga chek qo'yish kerak-ku. Qatar bizdan ruhan yoki boshqa taraflama ustun, deb o'ylamayman. Baribir penaltilar seriyasi bu - lotereya. 


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика