So’nggi yangiliklar

01:23Начо Карвахаль ҳақида: "Замонанинг ва барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси"  1 00:35Гринвудга учта топ-клуб қизиқмоқда  2 23:55Депай "Атлетико"дан кетди  1 23:28Моуринью "Фенербахче"га икки юлдузни олиб келиши мумкин  1 23:00Рўзиқул Бердиев: "Бобир Абдихолиқов учун хурсандмиз"  12 22:52Ёрқин Назаров: "Ўзбекистондаги энг кучли жамоага қарши ўйнадик"  6 22:30БАА Про лигаси. "Шабаб Ал Аҳли" ўз майдонида рақиб дарвозасига 10та тўп киритди, Ғаниев эса...  2 22:28Александр Хомяков: "Вақт тиғизлиги туфайли U-21 жамоаси ўйинларига боролмаяпман"  21 22:25Максим Шацких: "Бутун стадион сизга қарши мухлислик қилса ҳам, профессионал сифатида ўз ўйинингизни ўйнашингиз керак"  15 22:01Флик "Барселона"га "Бавария" ўйинчисини олиб келмоқчи  6 21:30ҚПЛ. "Қайрат" ўз майдонида ғалабага эришди, Йўлдошев гол урди!  0 21:30Бобир Абдихолиқовнинг учта голи "Насаф"ни Суперлига пешқадамига айлантирди  56 21:00Ўзбекистон Суперлигаси. "Пахтакор" 4 йилдан сўнг Андижонда ғалаба қозонди  188 19:58Бобир Абдихолиқов деярли 4 йилдан сўнг Суперлигада гол урди  3 19:43Бруну Фернандеш бошқа клубга ўтиши мумкин  1

Milan Mitrovich: "Penaltilar seriyasidagi omadsizlikda Abdullaevni ham, Jo'rabekovni ham ayblamaslik kerak" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "Penaltilar seriyasidagi omadsizlikda Abdullaevni ham, Jo'rabekovni ham ayblamaslik kerak"

"So'g'diyona" kecha o'z maydonida OFK kubogi yarim finalida Malayziyaning "Kuala-Lumpur Siti" jamoasiga mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng jizzaxliklar darvozaboni Milan Mitrovichning fikrlari bilan qiziqdik.

Sogdiana

AFC Cup Final Stage . Semi Finals-tur

05/10/2022, 18:00

5
:
3
Tugadi

Kuala Lumpur City

45'
90'

- O'yin haqida...

- "So'g'diyona" ilk bor bunday xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Qaysidir manoda biz o'zimiz uchun yaxshigina tajriba to'pladik, deb o'ylayman. OFK kubogini yuqori natijalar bilan boshladik. Biroq yakun unday bo'lgani yo'q. Finalga bir qadam qolgandi. Lekin nima ham qila olardik? Raqibga omad kulib boqdi. 

- Jamoaning oxirgi uchrashuvlaridagi natijalari ko'ngildagidek, deb bo'lmaydi. Bu ham ruhiy tomonlama tasir qildimi?

- Albatta. Superligadagi so'nggi 5ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadik. 3ta frontad kurash olib borish oson emas. Har uch kunda maydonga chiqish baribir jismoniy tomondan toliqtiradi. Omad etishmayapti. Futbolda muhimi g'alaba qozonish. Jamoamiz qaerdadir qo'sha oldi, qaerdadir yo'q. 

- Penaltilar seriyasida almashtirilganingizni qanday qabul qildingiz? O'sha lahzalarda nimalar o'tdi? "Qizilqum" bilan uchrashuvda ham shunday holat takrorlangan, biroq unda raqib futbolchisi xato zarba yo'llagandi...

-  Bu murabbiy uchun beriladigan savol. Men javob bera olmayman. Lekin Ulug'bek Baqoevning qarorini hurmat qilaman. CHunki har bir murabbiy jamoasi g'alaba qozonishini istaydi. SHirinboy Abdullaev harakat qildi. Uni biror narsada ayblamaslik kerak. Hattoki penaltini golga aylantira olmagan Jo'rabekovni ham. Bu futbol, tamom. 

- Malayziya klubi qaysi jabhada "So'g'diyona"dan ustun o'ynadi?

- Ular o'yinning hech bir qismida bizni mag'lub eta olishmadi. O'z imkoniyatlarini kutishdi va ataylab penaltilar seriyasiga qadar etib borishdi. Maqsadlariga etishdi, xullas. Penaltilar seriyasida hamma narsa bo'lishi mumkin. Bizdan kuchsizroq jamoa omadli bo'lib chiqdi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика