Matias De Ligt: "SHarmandalik! Qanot hakami menga "kechir, xato qildim", - dedi"
09 may 02:57
Yangiliklar
Matias De Ligt: "SHarmandalik! Qanot hakami menga "kechir, xato qildim", - dedi"
"Real Madrid" "Bavariya"ni ECHL yarim final javob o'yinida mag'lub qildi.
"Bavariya" himoyachisi Matias De Ligt o'yindan so'ng bekor qilingan goli haqida gapirdi.
"Futbolda qoidalar bor. Agar aniq ofsayd bo'lmasa, vaziyat yakunlanishi kutish kerak. Hushtak chalish kerak emas. Balki, o'sha holatda ofsayd bor edi, ammo buni endi nima ahamiyati bor? O'yinning oxirida bunday hushtak chalish – katta xato. Agar ofsayd bo'lsa ham mayli edi, ammo buni tekshirish lozim edi. Tekshirmay qanday bilasiz? Xoseluning ikkinchi goli ham deyarli ofsayd edi. O'sha holatda ham golga qadar hushtak chalinmadiku? Meni vaziyatimda esa... Bu sharmandalik. Qanot hakami menga "kechir, xato qilib qo'ydim", dedi. Men mag'lubiyatda boshqalarni ayblashni yoqtirmayman. "Real" g'alaba qozondi", -deydi Matias De Ligt.
O’xshash yangiliklar
00:50
"Barselona" Ispaniya superkubogi yarim finalida "Atletik" bilan, "Real" esa "Malorka" bilan o'ynaydi 2
Fikrlar
Yana o'sha mavzu...
Real yaqinda infarkt qilasan odamlani, balki yetar...qachon to'xtaysan o'zi?
Raqiblarni kuchingni emas, balki xatoyingni topib muxokama qiladigan darajaga tushirib yubording.
Nimasan sen? Ayt menga shuni...
08 май 08:53:52Farrux Yuldoshev
Ertaga reamchilarni sham yoqibam topolmeymiz nemis chempion
Qani bu nedagon??? xD