So’nggi yangiliklar

00:35Гринвудга учта топ-клуб қизиқмоқда  1 23:55Депай "Атлетико"дан кетди  1 23:28Моуринью "Фенербахче"га икки юлдузни олиб келиши мумкин  1 23:00Рўзиқул Бердиев: "Бобир Абдихолиқов учун хурсандмиз"  11 22:52Ёрқин Назаров: "Ўзбекистондаги энг кучли жамоага қарши ўйнадик"  6 22:30БАА Про лигаси. "Шабаб Ал Аҳли" ўз майдонида рақиб дарвозасига 10та тўп киритди, Ғаниев эса...  2 22:28Александр Хомяков: "Вақт тиғизлиги туфайли U-21 жамоаси ўйинларига боролмаяпман"  20 22:25Максим Шацких: "Бутун стадион сизга қарши мухлислик қилса ҳам, профессионал сифатида ўз ўйинингизни ўйнашингиз керак"  13 22:01Флик "Барселона"га "Бавария" ўйинчисини олиб келмоқчи  5 21:30ҚПЛ. "Қайрат" ўз майдонида ғалабага эришди, Йўлдошев гол урди!  0 21:30Бобир Абдихолиқовнинг учта голи "Насаф"ни Суперлига пешқадамига айлантирди  56 21:00Ўзбекистон Суперлигаси. "Пахтакор" 4 йилдан сўнг Андижонда ғалаба қозонди  188 19:58Бобир Абдихолиқов деярли 4 йилдан сўнг Суперлигада гол урди  3 19:43Бруну Фернандеш бошқа клубга ўтиши мумкин  1 17:37"Ливерпуль" Бразилия терма жамоаси ўйинчиси учун курашга қўшилди  1

Intervyu. Obid Jo'raboev: "Ikkinchi o'ringa chiqishimiz qiyin edi. Ammo vaziyat o'zgaryapti" Yangiliklar

Intervyu. Obid Jo'raboev: "Ikkinchi o'ringa chiqishimiz qiyin edi. Ammo vaziyat o'zgaryapti"

Superliga yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirayotgan "Buxoro" kecha Pro liganing 23-turida uyda "Xorazm"ni qabul qildi.


Buxoro

Ro’zimboy Ahmedov - 4'

PRO liga. 23-tur

23/10/2022, 17:00

0
:
1
Tugadi

Xorazm

45'
90'
4'  Ro’zimboy Ahmedov
13'  Mirzhalol ZHumaev

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Buxoro" sardori Obid Jo'raboevning fikrlarini tingladik. 

- Bir nechta tur oldin "Buxoro"ning ikkinchi o'ringa bo'lgan imkoniyatlari kam edi. "Turon"ning so'nggi o'yinlardagi ochko yo'qotishlari qo'l kelyaptimi? 

- Ikkinchi o'ringa chiqishimiz qiyin bo'lib turgandi. Biroq jamoalar yuqori va quyi beshlikka ajralgach vaziyat o'zgardi. "Turon" ochko yo'qotishni boshladi. Bu bizga ancha foyda berdi. Oldimizdagi bor imkoniyatimizdan foydalanamiz. "Turon" bilan ochkolarimiz tenglashdi. Endilikda oldinga yanada jiddiy qadam tashlaymiz. 

- "Xorazm" Pro liganing eng irodali jamoasimi?

- Kechagi raqibimiz yomon jamoa emasdi. Faqat uy o'yinlarini suniy maydonda o'tkazayotgani qolgan jamoalarga qiyinchilik tug'dirdi. "Xorazm" shu o'yinlarda ko'p ochko oldi. Ular ham uchinchi o'ringa harakat qilyapti. Lekin bir kishi kam bo'lganimizga qaramay muhim g'alabaga erishdik. Agarda moliyaviy tomondan yaxshi ko'mak berilsa, "Xorazm" Superligaga chiqishga haqli.  

- Raqib safidagi hujumchi bu yil Pro liga kashfiyoti bo'la olyapti. Gap Rokki Marchiano haqida ketmoqda. Bu o'yinda uni qanday to'xtatib qoldinglar?

- Marchianoga yaqinroq o'ynashimiz kerak ekanligi aytilgandi. Murabbiylar kerakli ko'rsatmalarni berishdi. Ayniqsa himoyachilar hushyor o'ynashlari lozim edi. Rokki Marchianoga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. 

- "Buxoro"ning hozirgi murabbiylar shtabi va tarkidagi aksariyat futbolchilar o'tgan mavsum "Dinamo"ni Superligaga olib chiqqandi. Yakunda ular bilan kelishuv uzaytirilmadi. Bu alam qilmaganmidi? "Buxoro" bilan ham bunday holat takrorlanishidan qo'rqmaysizmi?

- "Dinamo"da to'p tepgan futbolchilar "Buxoro"da yig'ilganmiz. Qiyinchilik bilan bo'lsa ham Samarqandga Superligani qaytardik. Ozmi ko'mi mehnatimiz singdi. Rahbariyatning qabul qilgan qarori jamoaga tasir qildi. Buni hamma ko'rib turibdi. Yana Pro ligaga tushib ketish arafasida. Har qanday jamoani yangidan tashkil qilish qiyin. Nima bo'lganda ham o'tgan yilgi tarkibdan 10 nafar futbolchini olib qolish kerak edi, deb o'ylayman. SHaxsan men xafa emasman. Ammo yigitlarning mehnati bor. Nima ham derdim, oldinga intilishda davom etamiz. 

- O'zbekiston kubogi finali "Buxoro" maydonida o'tadi. SHu kuni stadionda qaysi jamoa muxlislari ko'pchilikni tashkil qiladi, deb o'ylaysiz? 

- Stadionimiz zamonaviy holga keltirildi. Kubok finalini tomosha qilamiz. Namanganlik bo'lganim uchun emas. Biroq "Navbahor" ishqibozlari stadionda ko'proq bo'ladi, degan taxmindaman. CHunki Superligada namanganlik muxlislarga etadigani bo'lmasa kerak. 

- Superligada 16ta jamoa ishtirok etishi haqidagi  gaplar ayni bolalagan payt. Bunga qanday munosabatdasiz? Mazkur holat Superliga uchun qanchalik foydali?

- Bu albatta yaxshi. Raqobat kuchayishi mumkin. Futbolchilarda o'yin amaliyoti ko'payadi. SHaxsan men ijobiy munosabatdaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика