So’nggi yangiliklar

00:20Серия А. "Интер" - "Лацио" 1:1  0 00:00"Ланс" — "Монпелье" ва "Мец" — ПСЖ ўйинлари бўлиб ўтмоқда. Ҳусанов илк дақиқалардан майдонда ҳаракат қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 00:00Ла Лига. Серлот "Реал"га 4та гол урди, "Барселона"дан йирик ғалаба ва "Атлетико"дан кутилмаган мағлубият  23 23:40Виталий Левченко: "Бугун мағлубиятга лойиқ эмас эдик"  3 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" 2:0  0 23:14Самвел Бабаян: "Бугунги футбол байрамида биз ғолиб бўлдик. Бундай дербиларда катта бўлганман"  24 23:10АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вест Хэм" 3:1  0 23:05АПЛ. "Арсенал" - "Эвертон" 2:1  0 22:47Миржалол Қосимов: "Бугун очиқ футбол гувоҳига айландик"  7 22:40АПЛ. "Челси" - "Борнмут" 2:1  0 22:35Иван Бошкович: "Жами 8 та гол урилган ўйинда натижа биз учун кўнгилдагидек бўлмади"  6 22:25АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Юнайтед" 0:2  0 22:00АПЛ. "Манчестер Сити" — 2023/24 йилги мавсум чемпиони!  70 21:05Суперлига. Олмалиқда 8 та гол урилган оқшомда ОКМК "Сўғдиёна"ни таслим қилди  21 21:02Суперлига. Водий дербисида "Навбаҳор" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Нефтчи"ни мағлуб этди  213

Bektemir Abdumannonov: "Qiyin guruhdan chiqdik. Endi bizga raqibning farqi yo'q" Yangiliklar

Bektemir Abdumannonov: "Qiyin guruhdan chiqdik. Endi bizga raqibning farqi yo'q"

"Andijon" O'zbekiston Kubogidagi "o'lim guruhi" deb nom olgan guruhdan tirik chiqdi.

O'z maydonida musobaqaning amaldagi g'olibi "Nasaf"ni oxirgi soniyalarda urilgan gol evaziga taslim qildi va keyingi bosqich masalasini hal qildi. Uchrashuv hal qiluvchi oltinga teng gol muallifiga aylangan Bektemir Abdumannonov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob qaytardi.

-Bektemir, o'yindan keyingi xissiyotlar qanday? Dramatik tarzda kechgan uchrashuvdan so'ng nimalarni aytgan bo'lardingiz?

-Bu o'yinni anchadan beri kutayotgandik. Hal qiladigan uchrashuv edi. Narigi o'yinda durang bo'lgani ham bizga qo'l keldi. Bu uchrashuvda yutishimiz kerak edi, bundan boshqa ilojimiz ham yo'q edi. Guruhdan chiqish uchun faqat g'alaba zarur hisoblanardi. Biz shuning uchun harakat qildik. Xudoga shukr, oxirida eplab oldik.

-"Dinamo" – "Navbahor" uchrashuvida durang natija qayd etilganini onlayn bilib turganmidingiz yoki…

-O'yin paytida murabbiy tomonidan u yoqda "Navbahor" 1:0 ga yutyapti, degan signal bo'ldi. Lekin baribir biz g'alaba uchun o'ynashda davom etaverdik. Narigi bellashuvdagi natijaga ortiqcha etibor berganimiz yo'q. Gol urish va yutish uchun oxirigacha harakat qildik. Nima bo'lsa ham o'zimiz xohlagan natijani uchrashuvda ko'rsata oldik.

-Aytingchi, keyingi bosqichga chiqqanimizni qachon bildingiz?

-O'yin tugamaguncha bilganim yo'q edi. Uchrashuv nihoyasiga etgach, jamoadoshlarim keyingi bosqichga chiqqanimizni aytishdi.

-Oxirgi soniyalarda hal qiluvchi golni urib ketdik. O'sha vaziyatni qanday izohlagan bo'lardingiz?

-Gol urib ketishim haqida unchalik o'ylamagandim. Tabloga qarasam 90 daqiqa bo'lgan ekan, keyin 7 daqiqa qo'shib berishdi. Bizda imkoniyatlarimiz bo'lyapti. Ammo darvozaga kirmayotgandi. Xudo xohlagan ekan, baribir gol bo'ldi. Qanday qilib bo'lsa ham gol urishga muvaffaq bo'ldik. Bu holat "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvdan oldin o'zimizga qo'shimcha "dux" bo'ldi. Bunday o'yinlardan keyin ishtiyoq ancha kuchayadi. Jamoamiz ham ancha qo'shgan, tayyorgarliklarimiz ham juda yaxshi o'tyapti.

-"Andijon" safida debyut golingizni urdingiz. Bungacha sizda 6 ta golli pas bor edi. Sizga gol urish muhimmi yoki golli pasmi?

-Jamoaga qanday yordamim tegsa, menga farqi yo'q. Gol baribir golda. Ammo assistni golga aloqasi bor. SHuning uchun bu ham yomon emas. Ikkalasini bajarish menga yoqadi. Biri gol, yana biri golga yaqin. SHu bois bular jamoaga foyda keltiradi.

-"Nasaf" darvozasiga so'nggi soniyada gol urishingizni kutganmidingiz?

-Yo'q. Boshida o'ylagandim. O'shanda menda bitta vaziyat bo'lgandi, gol urolmagandim. Oxirida bunaqa gol urishimni, vaziyat bunday bo'lishini kutganim yo'q. Hammasi Xudodan.

-Keyingi bosqichda qanday raqib kutyapsiz?

-Biz o'ta murakkab guruhdan chiqdik. Qiyin guruhda amalladik. Bizga qanday raqib duch kelishini farqi yo'q.

-Endi "So'g'diyona" bilan bo'ladigan uchrashuvga tayyorgarlik o'zingiz aytganingizdek yanada katta ishtiyoq bilan o'tsa kerak-a…

-Biz faqat g'alaba uchun tushamiz. O'z maydonimizda o'ynaymiz va muxlislarimiz uchun harakat qilamiz. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi. Barchani xursand qilishni xohlaymiz. Boshqa variantimiz yo'q, faqat yutishimiz kerak.

-Bunday atmosferada ilk bor to'p suryapsiz. Masalan, ilgari "Metallurg" da o'ynaganingizda Bekobodda bunday muhit bo'lmasdi…

-Ha, bu erdagi muhit juda yaxshi. Futbolni tushunadigan insonlar. Negativ gaplar bo'lmaydi. Faqat qo'llab-quvvatlashadi. Muxlislarga katta rahmat. Ularni o'z o'yinlarimiz bilan xursand qilishda davom etamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

+2   
30 apr 13:36:14
=JAGUAR=
Ulugbek. Manchester United foydalanuvchining fikriga javob berish
Насаф кубокни қурбон қилдими дейман
Nasaf o'zi mustaqillik davridan boshlab Qurbonku ))))) Ro'ziqul akani Sho'rtanga badarg'a qilib biror nemischa futbolni qo'llaydigan murabbiyni izlash kerak!!!
   
18 may 03:46:50
Bratan Israilov
Молодец Бектемир Укам. Анжални бўпкетинг сенамчи уко . Бўқингдан доставка қивор оно рақиб танледигон Базибир хепизларга Анжанлиларга ўхшаб мужик бўсин ома гап йўқ олаға Анжан
   
01 may 11:43:43
Rasul M
Mavzudan tashqarida Futbolchilik boshimdan otgan inson sifatida shuni aytishim mumkinki...Xozirda koplab futbolchilar intervyu berayapdi Xammasi xudodan Alhamdullilah Kabi yaxshi gaplar...Bu albatta yaxshi lekin ...Futbolchilar faqat kameralar qarshisida shunaqa intervuu berishadi...75%judayam oziga bino qoygan Bepisant bolishadi...Bu nafaqar Futbolchilar balkim sanatkorlar mashxur shaxslar xam shunaqa...Kameralar qarshisida ozlarini juda tartibli tutishadi xayyotta esa boshqa
-1   
30 apr 13:19:18
FK Barselona
Ulugbek. Manchester United foydalanuvchining fikriga javob berish
Насаф кубокни қурбон қилдими дейман
Lekin hamma ham tan olmaydi
-1   
30 apr 13:03:19
Ulugbek. Manchester United
Насаф кубокни қурбон қилдими дейман
-1   
30 apr 13:00:19
Azizbek Usmanov
qur'a tashlash marosimi qachon bo'ladi
championat.asia
Яндекс.Метрика