So’nggi yangiliklar

16:52"Астон Вилла" "Челси" етакчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 16:25Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин  1 15:59"Тоттенхэм" ҳимоячиси жамоани тарк этади  0 15:37Тиаго Силва "Челси" билан хайрлашди  3 15:10"Сурхон" – "Насаф", "Динамо" – "Пахтакор" учрашувларини кимлар шарҳлайди?  10 14:43Грузиялик ҳимоячи, "Олимпик Мобиуз" устози ва кипери - Про лига 8-тур лауреатлари   0 14:30Ламин Ямаль яна бир муваффақиятга эришди  1 14:04"Уни жуда соғинаман". Гвардиола Клоппнинг кетиши ҳақида  2 13:40"Рома" ижарага олинган "Лейпциг" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:19"Навбаҳор" ягона тўп эвазига "Водий дербиси"да ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  7 12:58ФИФА мутахассиси ва ЎФАнинг бельгиялик техник директори Самарқандга ташриф буюрди  2 12:53Родри "Манчестер Сити" ва "Арсенал" ўртасидаги асосий фарқни айтди  1 12:30Шифокорга нисбатан қўполлик қилган Бубаньянинг лицензияси қўмита йиғилишига қадар қайтариб олинади — ЎзПФЛ  57 12:09Карлос Тевес "Индепендьенте" бош мураббийлигидан истеъфога чиқади  1 11:45"Ювентус"га вақтинчалик мураббий тайинланди  0

Asror Aliqulov: "Hisob 2:0 bo'lganida ham kurashishda davom etardik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Hisob 2:0 bo'lganida ham kurashishda davom etardik"

Pro liganing 7-turi doirasida "Do'stlik" mag'lub qilinganidan keyin "Mashal" bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirdi.


- "Do'stlik" jamoasining Pro-ligadagi turnir jadvalidagi o'rnini inobatga olib, yigitlarga sustkashlikka yo'l qo'ymaslikni, raqib to'pni ushlab turib, kurashuvchanligini ko'rsatishini, tarkibida yaxshi futbolchilar borligini uqtirdik. Yaxshi o'yin bo'ldi, hisobda ortda bordik, raqiblar imkoniyatlar yaratishiga yo'l qo'ydik. Keyinchalik futbolchilar o'zlarida kuch topishdi. Bugungi g'alaba uchun yigitlarga minnatdorlik bildiraman. Uzoqdan kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Bu futbol baribir muxlislar uchun o'ynaladi. Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman.

- Jamoangizning bugungi o'yinini qanday baholaysiz?

- O'yin boshida futbolchilar o'zlariga ishonishmadi, maydonga moslashishi qiyin bo'ldi. To'p nazorati, to'pni bo'ysundirishda muammolar kuzatildi. Goldan keyin shoshma-shosharlikka yo'l qo'ydik. Hisobda oldinga chiqib olgandan keyin xotirjam bo'ldik va yana standartdan gol qo'yib yubordik. SHundan keyin ishonchni yo'qotdik desak bo'ladi.

- "Mashal"ni qiyin taqvim kutib turibdi. Jamoa ketma-ket ikkita muhim o'yinni safarda o'tkazadi.

- Har bir o'yin og'ir. "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bu o'yin ko'p narsani hal qiladi. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

- "Mashal" hududiy va total ustunlikka ega bo'lib turgan vaqtda avtogol o'tkazib yubordi. Keyinchalik jamoa yana ustunlikka erishib turganida penaltidan gol urdi va ikkinchi bo'limda avtogol bilan hisobda oldinga chiqib oldi. Total va hududiy ustunlikka ega bo'lib turgan vaqtda bunday gollar urish va o'tkazishni qanchalik adolatli deyish mumkin? 

- Raqib doim ham to'pni sizga bermasligi mumkin. SHu sababli qarshi hujumlarga va standartlarga tayyor turish kerak. Standartdan keyin to'pni o'zimizga kiritib qo'yish - individual xato. O'sha vaziyatda futbolchi yaxshiroq harakat qilishi ham mumkin edi. Lekin ikkinchi golda standartda sustkashlikka yo'l qo'ydik. SHu bilan birga "Do'stlik" jamoasining bu vaziyatdagi harakatlarini takidlab o'tish kerak.

- Hisob 1:0 vaqtida "Do'stlik" futbolchisi birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi va oradan bir daqiqa o'tib, "Mashal" hisobni tenglashtirdi. Bu vaziyatda jamoangizning omadi keldi deb hisoblasa bo'ladimi? Agar hisob 2:0 bo'lganida o'yin qanday kechishi mumkin bo'lardi?

- Omadimiz keldi desak bo'ladi. CHunki birga-bir vaziyatdan keyin gol bo'lmadi. Agarda hisob 2:0 bo'lgan taqdirda ham biz qo'lni tushirmasdik va kurashardik. Biz futbolchilarimizni doim kurashishga undaymiz. Lekin 2:0 hisobidan chiqib ketishni barcha ham ishonch bilan gapira olmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
10 may 08:07:58
VafoqulJumaqulov
Ассалому алайкум !
Машъал ва Асрорга омад тилайман!
Насиб бўлса супер лигада учрашгунча!
championat.asia
Яндекс.Метрика